Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish ro’yxatiga kiritilmaydi, alohida



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə546/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   542   543   544   545   546   547   548   549   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish ro’yxatiga kiritilmaydi, alohida 
inventarizatsiya qilinadi va alohida ro’yxatlarda qayd qilinadi. To’liq yaroqsiz deb topilgan 
detallar ham tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi.
Bir xil bo’lmagan massa yoki qorishmadan iborat bo’lgan tugallanmagan ishlab 
chiqarishlar bo’yicha (sanoatning tegishli tarmoqlarida) inventarizatsiya ro’yxatlarida, 
shuningdek, solishtirish vedomostlarida ikkita miqdoriy ko’rsatkich keltiriladi: ushbu massa 
yoki qorishma miqdori va uning tarkibiga kiruvchi xom ashyo miqdori yoki materiallar 
(alohida nomlari bo’yicha). Xom ashyo va materiallarning miqdori tarmoq yo’riqnomalari 
bilan belgilangan tartibda texnik hisob-kitob bo’yicha aniqlanadi.
Tugallanmagan kapital qurilish soni va hajmi inventarizatsiya paytida uning haq 
to’langan qismini hamda tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya dalolatnomalarida 
ob’ektning nomi va ushbu ob’ekt bo’yicha bajarilgan ishlarning, konstruktiv elementlarning, 
jihozlarning va h. k. har bir alohida turi bo’yicha ko’rsatiladi. Xususan, inventarizatsiya 
komissiyasi quyidagilarni tekshiradi.
-
tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda montaji 
boshlanmagan uskunani hisobda turganligi yoki yo’qligi; 
-
qurilishi butkul to’xtatilgan yoki vaqtincha to’xtatilgan qurilish ob’ektlarining ahvoli.
Mazkur ob’ektlar bo’yicha, qisman, ularni butkul to’xtatilish sabablari va asoslarini 
aniqlash kerak.
Haqiqatda foydalanishga to’liq yoki qisman topshirilgan, qabul qilinishi va ishga 
tushirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga 
alohida dalolatnomalar tuziladi. Alohida dalolatnomalar tugallangan, lekin nima uchundir 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   542   543   544   545   546   547   548   549   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin