to’g’riligini aniqlaydi: * mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) uchun qilinadigan xarajatlarning turkumlanishini; * xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisobga olish va hisobdan chiqarish (taqsimlash); * yaroqsizlik (brak) dan va bekor turib qolishdan ko’rilgan yo’qotishlar; * tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash; * bilvosita sarflarni taqsimlash; * xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblash usullarini qo’llash; * ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga doir schyotlarning o’zaro bog’lanishi (korrespondentsiyasi)ni tuzish; * ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma, analitik va sintetik hisobini yuritishni; * xarajat schyotlari bo’yicha analitik va sintetik hisob yozuvlarining bosh daftar hamda balansdagi yozuvlarga mos kelishi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashda har xil usullar qo’llaniladi. Sanoat ishlab chiqarishida tannarx hisoblash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: oddiy usul, normativ usul, buyurtmalar usuli, bosqichlar usuli. Auditorlik tekshiruvining vazifalaridan biri - tanlangan kalkulyatsiyalash usulining asosliligini tasdiqlashdan iborat. Xarajatlar mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilish xususiyatiga ko’ra muayyan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri olib boriladigan bevosita va bilvosita xarajatlarga bo’linadi. Bilvosita xarajatlar ko’p elementli bo’lib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda