qarzlarni undirish (muddati o’tgan hisobvaraqlar); -
pul tushumlarini olish. Nazorat samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat: a) na-zorat tizimini o’rganish; b) nazorat samaradorligini baholash; v) na-zorat muolajalarini tekshirish (testlashni o’tkazish).
Ko’zdan kechirish bosqichida hujjatlashtirishni uch turdagi usulda amalga oshirish mumkin: og’zaki yoritish, ichki nazorat bo’yicha savolnoma va blok-chizma. Ushbu bosqichda hujjatlarni tayyorlash uni yakunlanlash degani emas. Hujjatlarni tayyorlashda auditorlar tomonidan sharhlarni tayyorlashdan maqsad - nazorat tizimini o’rganish ekanligini unutmaslik lozim. Blok-chizmalar va savolnomalar - bu daromad olish tsikli bo’yicha, sotish, pul olish va debitorlik qarzlari bosqichlaridan iborat nazorat tizimining afzalroq elementlaridir. Ichki nazorat tizimi samaradorligi va mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha operatsiyalar hisobini dastlabki baholash uchun foydali vosita bo’lib maxsus savolnoma bo’yicha test savolnomalarini qo’llash hisoblanadi. Olingan javoblarni tahlil qilib bo’lib, auditor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayonini nazorat qilish yo’nalishlarini aniqlashi va har bir yo’nalish bo’yicha eng ma’qul bo’lgan muolajalarni tanlab olishi, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish operatsiyalar tsikllari bo’yicha auditorlik tekshiruvining dasturini tayyorlashi lozim. Avvalambor, auditor korxonada tayyor mahsulot qanday baholanishini aniqlashi kerak. Xozirgi kunda mahsulot baholashning quyidagi turlaridan foydalaniladi: - amaldagi (to’liq) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha;