foydalanishga topshirilmagan ob’ektlarga ham tuziladi. Mazkur dalolatnomalarda ko’rsatilgan ob’ektlar foydalanishga topshirilishini rasmiylashtirishning kechiktirilganlik sabablari ko’rsatiladi. Balansdan chiqarilishi kerak bo’lgan qurilishi tugatilgan ob’ektlarga, shuningdek qurilishi amalga oshirilmagan ob’ektlar bo’yicha loyiha-izlanish ishlariga bajarilgan ishlar xususiyati va ularning qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar qurilishning to’xtatilishi sabablari ko’rsatilib dalolatnomalar tuziladi. Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlar topshirilganligi to’g’risidagi dalolatnomalar, qurilish ob’ektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnali va boshqa hujjatlardan foydalanish kerak bo’ladi. Binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, energetik jihozlar va boshqa ob’ektlar qonunsiz kapital ta’mirlanganining inventarizatsiyasi bajarilgan ishlarni naturada tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tugallanmagan kapital ta’mirlash bo’yicha ta’mirlanayotgan ob’ektning nomi, bajarilgan ishlarning nomi va bajarilish foizi, bajarilgan ishlarning smeta bo’yicha va haqiqiy qiymati ko’rsatilgan dalolatnoma tuziladi. Qishloq xo’jaligida tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshi-rish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Amaliyot shuni ko’rsatmoqda-ki, ayrim hollarda qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulotlar tan-narxini pasaytirib ko’rsatish maqsadida tugallangan ishlab chiqa-rishlarga taalluqli xarajatlarning bir qismi tannarxga olib bo-rilmasdan, tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga qo’shiladi. Bu birinchidan, mahsulotlar tannarxini sun’iy ravishda pasay-tirilishiga olib kelsa, ikkinchidan, moliyaviy hisobot ko’rsat-