hisobga olinmagan yaroqsizini aniqlash; -
tugatilmagan ishlab chiqarishni haqiqiy jihozlanishi va qismlar bilan yig’ilishini ta’minlanganligini aniqlash; -
tugatilmagan ishlab chiqarish qoldig’ini bekor qilingan buyurtmalar, shuningdek bajarilishi to’xtatib qo’yilgan buyurtmalar bo’yicha aniqlash; -
ishlab chiqarishda bo’lgan ishlab chiqarish boshlangan (detallar, qismlar, agregatlar) va mahsulotlar ishlab chiqarilishi va yig’ilishi tugatilmaganining haqiqiy qiymatini aniqlash. Inventarizatsiyani boshlashdan oldin tsexlarga kerak bo’lmagan barcha materiallar, sotib olingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek mazkur bosqichda ishlov berilishi tugatilgan detallar, qismlar va agregatlar omborxonaga topshirilishi kerak. Tsexlardagi boshlab qo’yilgan tugallanmagan ishlab chiqarishlar va yarim tayyor mahsulotlar ularning miqdorini to’g’ri aniqlash va qulay sanalishini ta’minlaydigan tartibga keltirilgan bo’lishi kerak. Ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlarni (detallar, qismlar, agregatlar) qoldigi haqiqatda sanash, tortish, o’lchash yo’li bilan tekshirilib amalga oshiriladi.
Ro’yxatlar har bir tsex (uchastka, bo’linma) bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarishlar nomi, ularning tayyorlik darajasi, soni yoki hajmi, qurilish-montaj ishlari bo’yicha ish hajmi ko’rsatilib; tugallanmagan korxonalar, ularning navbatlari, ob’ektlar, ishga tushiriladigan majmualar, qaysiki ular bo’yicha hisob-kitoblar ular to’liq tugatilgandan keyin oraliq to’lovlarsiz amalga oshiriladi; konstruktiv elementlarning tugallanmagan qismlari va ishlarning turlari bo’yicha alohida tuziladi. Ish joylarida qayta ishlanishi boshlanmagan xom ashyo, materiallar va sotib olingan