tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshi-rishda texnologik jarayonlarni, norma va
normativlarni hamda haqiqiy xarajatlarni tasdiqlovchi barcha buxgalteriya hujjat-larini
sinchiklab tekshirish lozim.
Auditorlik amaliyoti shuni ko’rsatmoqda-ki, tugallanmagan ishlab chiqarishni
inventarizatsiya qilish ko’p hollarda o’lda-jo’lda, sifatsiz va nomuntazam o’tkaziladi hamda
uning natija-lari buxgalteriya hisobida to’liq, ayrim hollarda esa umuman aks ettirilmaydi.
Bunday holatlar mahsulotlar tannarxining asossiz oshib yoki sun’iy ravishda pasayib,
moddiy boyliklar saqlanishi usti-dan nazoratning susayib ketishiga olib keladi.
Agar korxonaning xo’jalik faoliyati jarayonida oldin bosh-langan buyurtmalarni
to’xtatib qo’yish hollari mavjud bo’lsa, audi-tor qolgan moddiy boyliklarning qanday
ishlatilganligi, bekor qilingan buyurtmalarga doir yo’qotishlar qanday aniqlanganligi va
buxgalteriya hisobida qanday aks ettirilganligini tekshirishi lozim. Ta’kidlash joizki, bekor
qilingan ishlab chiqarish buyurt-malari bo’yicha xarajatlar realizatsiyadan tashqari sarflar
qatoriga qo’shiladi.
Tugallanmagan
ishlab
chiqarishni
tekshirish
yakunida
aniq-langan
xato-
kamchiliklarning jiddiyligi (katta-kichikligi) va ularning tegishli hisobot ko’rsatkichlari
ishonchliligiga ta’siri haqida xulosa qilinadi.
15.7.Mahsulot sotish auditi
Sotuv hajmi va uning tarkibiy qismlarining auditi - ko’p jihatdan butun tekshiruvning
sifatini belgilovchi muhim masalalardan biridir.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish auditining maqsadi - tayyor mahsulot
Dostları ilə paylaş: