ajratmalar (7760 s) mahsulot tannarxiga qo’shilmasdan, korxonaning o’z mablag’lari ya’ni moddiy rag’batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan qoplanishi kerak. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi. Ushbu element bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo’shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo’shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi. Ta’kidlash joiz-ki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi: Bir tekis (to’g’ri chiziqli) usul; Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul(ishlab chiqarish usuli); Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul); Kamayib boruvchi qoldiq usuli. Auditor korxonada ushbu usullardan bittasi tanlab olinib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruq bilan rasmiylashtirilganligini aniqlashi lozim. Shuningdek, tanlangan usulning hisobot yili davomida o’zgarmaganligiga, agar o’zgargan bo’lsa sababini va bu haqda hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqqa o’zgartish kiritilganligiga e’tibor berishi kerak. Asosiy vositalar ob’ektlarining foydali xizmat qilish muddatlari ularni balansga qabul qilish paytida aniqlanadi. Amortizatsiya hisoblash asosiy vositalar ob’ektlarining butun
foydali xizmat qilish muddati davomida to’xtatilmaydi. Faqat korxona rahbarining qaroriga