zarur. 15.11. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda
(ko’rilgan zarar) larni tekshirish
Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi …. Nizomda»da belgilangan. Ushbu Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: -
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’ycha to’lovlar; -
mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari;
-
chet el valyutasi bilan muomalalarga doir salbiy kurs tafovutlari bo’yicha zararlar; -
sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar; -
o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar; -
moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. Auditor ushbu xarajatlarni tekshirishda 9610, 9620, 9630 va 9690-schyotlar bo’yicha hisob yozuvlarini tekshiruvdan o’tkazib, ularning «Nizom»ga muvofiqligi va schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi: -
olingan royaltilar va kapital transferti; -
O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli