majburiyatlari va ob’ektlari xar xil ekanligini inobatga olgan holda, ular tashqi va ichki audit xizmatiga bo’lingan. Tashqi va ichki audit xizmati tashkil etilishi uslubiyatiga ko’ra o’xshash bo’lsada, ular o’rtasidagi farq, ularning amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy shakllarida namoyon bo’ladi. Ammo auditorlar o’z faoliyatida ko’p jihatdan ichki audit natijalariga tayanadi. Tashqi audit bilan ichki auditning tavsif jihatdan farqli jihatlarini mazkur jadvalda ko’rishimiz mumkin. Ichki audit xizmati ham auditorlik faoliyatining bir qismi bo’lib, uning faoliyat yuritishi tashqi auditorlik faoliyatidan bir qancha farq qiladi. Ichki audit xizmati aynan aktsiyadorlik jamiyatlarida faoliyat yuritishi qimmatli qog’ozlar bozorining ham rivojlanishiga asos bo’ladi. Umuman olganda ichki auditorlar o’zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ular qoidaga ko’ra, korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga kiradilar. Amaliy faoliyatda ichki auditorlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, shuningdek, ta’sis hujjatlari, korxonalar bo’yicha buyruqlar va lavozim yo’riqnomalariga amal qilishi lozim. Ichki auditni tashkil qilishga ta’sir qiluvchi omillar quyidagi rasmda keltirilgan. Ichki auditning samarali tizimini tashkil qilish ancha murakkab vazifa. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: —
moliyaviy-xo’jalik tsiklining nazorat talab qiladigan tarkibiy qismlarining ulkan miqdori (xarid, sotish, ishlab chiqarish va boshqalar); —