aktivlari saqlanganligi, balki korxonaning ish qobiliyati ham bog’liq bo’ladi. Ichki audit boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’llarini ko’rsatadi. Dunyoda ichki auditga bo’lgan qiziqish bir qator omillar bilan asoslanadi. Birinchidan, ichki audit faoliyati bilan bugungi kunda foydalanish imkoniyati belgilangan. Shuningdek, etarlicha baholanmagan manbalardan biri hisoblanib, uning to’g’ri ishlatilishi korxona samaradorligini oshirishi mumkin. Ikkinchidan, AQSh va G’arbiy Evropadagi bir qator yirik korporativ boshqaruvdagi korxonalar tashqi audit faoliyati bo’yicha jiddiy kamchiliklarga ega ekanligi, uning natijasida hatto eng yirik firmalarning ham bankrotlik holatlari kuzatilgan. Uchinchidan, kompaniyada yaxshi korporativ boshqaruvning, uning ajralmas bo’g’ini sifatida ichki auditning mavjudligi, investor va kreditor uchun ijobiy belgi bo’lib, kompaniyaning investitsiyasini o’ziga jalb etish imkoniyatini oshiradi. Avvalambor, bunga xususiy mulk egalari va menejmentning kompaniyadagi aktivlarining salmoqli ravishda tejalishiga olib keladigan biznes jarayonning tizimini boshqarish va tashkil etishni tartibga solish hoxishi ham kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ichki auditning mavjudligi xususiy mulk boshqaruvchilari uchun zarurdir. Sababi, ular firmadagi ish yurituvidan bevosita uzoqlashadilar, boshqaruv funtsiyalarini professional menejerlar qo’liga berishadi. Va oxir oqibat kapitalning xalqaro bozorlarga qisqa yoki o’rtacha muddatlarda chiqish rejalarini yaratish zarurligini uqtiradi. Xususan, eng katta fond birjalarining qonun-qoidalari kompaniyada ichki auditning mavjudligi talab etiladi va ularni qimmatli qog’ozlar bozoriga chiqish uchun zarur bo’lib,