auditorlarga yuqori kasbiy va axloqiy talablar (ularning malakasi kamida faoliyati tekshirilayotgan shaxslar malakasiga mutanosib bo’lishi lozim). Yirik va o’rta korxonalarda ichki auditni tashkil qilishga turtki sifatida quyidagilar xizmat qiladi: —
qonunchilik tizimi murakkablashuvi; —
moliyaviy vaziyatlarni boshqarishga intilish; — korxonaning o’zi va uning tuzilmaviy bo’linmalari faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish; —
resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat; —
majburiyatlarni bajarish; —
hisob tizimini optimallashtirish. Omillar Tashqi Ichki Davlatning me’yoriy qonunchiligini hisobga olish: 1. Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun 2.AFMS Ilmiy-metodik usullar Korxonaning tashkiliy tuzilmasi Boshqaruv organlari tuzilmasi Tashqi hisobot tayyorlash tartibi Ichki nazorat tuzilmasi mavjudligi Kadrlar siyosati Javobgarlik va vakolatlar taqsimoti Korxonada hisobga olish tizimini tashkil qilish
Ichki ishlab chiqarish auditini tashkil qilish davlat tomonidan qonunchilik asosida tartibga solinadigan masalalar sirasiga kiritilmaydi. Bu korxonaning o’ziga taalluqli huquq hisoblanadi. Shunga qaramay, uning faoliyati samaradorligiga nafaqat iqtisodiy sub’ekt