Har bir nazorat jarayonida oldingi tekshiruvda aniqlangan kamchiliklardan foydalanish, ushbu kamchiliklarni qaytarilmasligini ta’minlaydi. 23. Uzluksiz ravishda rivojlanib borish. Vaqt o’tishi bilan hattoki boshqaruvning ilg’or uslubi ham eskirib boradi. Ichki nazorat tizimini shunday tashkil etishi kerakki, u tashkilot faoliyatining ichki va tashqi o’zgarishlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yangi muammolarni hal etishda moslashuvchan bo’lishi kerak hamda tashkilotning kengayishida zamonaviylashishini ta’minlab berishi kerak. Tashkilotda ichki audit tizimining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashning asosiy yo’li quyida keltirilgan tamoyillarga rioya qilishdir: 1. Mas’uliyatlilik tamoyili: Tashkilotda faoliyat olib boruvchi har bir ichki audit xodimi o’z faoliyatini olib borishda iqtisodiy, ma’muriy va intizomiy mas’uliyatni his qilishi kerak. Agar xodim tomonidan mas’uliyat his qilinmasa nazorat talab darajasida olib borilmaydi. 2. Muvozanatni ushlab turish tamoyili: Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaning nazorat funktsiyasi qanday tarzda olib borilishi, resurslar bilan ta’minlanishi va bajarilishi bo’yicha auditor tomonidan buyruq berilmasligi lozim. Nazorat sub’ektlari tomonidan majburiyatlar korxonaning ish hajmi va imkoniyatidan kelib chiqib belgilanishi lozim. 3. Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha o’z vaqtida malumot berish: Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha malumot, ushbu kamchiliklar bo’yicha qisqa vaqt ichida qaror qabul qilish vakolatiga ega kishiga o’z vaqtida etkazilishi lozim. Agar ma’lumot kechiqtirilsa salbiy oqibatlarga olib keladi. Boshlang’ich nazoratda oqibatlarning yuzaga kelish ehtimoli bo’yicha