malumot o’z vaqtida etkazilmasa, bu nazoratni amalga oshirilishidan mano qolmaydi. 4. Nazoratga oluvchi va nazoratga olingan tizimning mutanosibligi: Ichki audit tizimining murakkablik darajasi nazoratdagi tizimning murakkablik darajasiga mutanosib bo’lishi kerak, ya’ni ob’ekt bo’yicha tekshiruvni muvaffaqiyatli olib borish uchun ichki audit shu darajada murakkab bo’lmog’i lozim. 5. Butlik tamoyili: Har xil turdagi ob’ektlar bir-biriga aloqador bo’lgan ichki auditni o’ziga qamrab olgan bo’lishi kerak, ya’ni audit tor doiradagi obektlar bilangina chegaralanmasligi kerak. 6. Javobgarlikning taqsimlanish tamoyili: Xodimlar o’rtasida vazifalar shunday taqsimlanish kerakki, bir xodimga bir vaqtning o’zida quydagi vazifalar yuklatilmasligi kerak: Belgilangan aktivlar bo’yicha operatsiyalarga ruxsat berish, berilgan operatsiyalarni ro’yxatga olish, operatsiyalarning bo’lganligini ta’minlash hamda ularning inventarizatsiyadan o’tkazish. Salbiy oqibatlar yuzaga kelmasligini oldini olish maqsadida bu funktsiyalarni bir necha xodimlar o’rtasida taqsimlanishi lozim. 7. Ruxsat berish hamda ma’qullash tamoyili: Har bir xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirilishida vakolatli shaxs tomonidan ruxsat berilishi rasmiy ravishda ta’minlangan bo’lishi
kerak. Rasmiy ruxsat bu umumiy turdagi xo’jalik operatsiyalar yoki aniq bir operatsiya bo’yicha rasmiy qaror hisoblanadi. Rasmiy ma’qullash bu boshqaruv tomonidan berilgan