haqida hisobot bunday hujjatlarga ega bo’lmasligi ham mumkin. Hisobotlar tekshiruvchilar uchun tayyorlangan shaklda taqdim etilishi lozim. Manzillilik. Hisobotda u kimga jo’natilayotganligi ko’rsatilishi lozim, bu auditni tashkil etish holati, alohida qoidalar yoki mavjud amaliyot bilan belgilanadi. Agar rasmiy tasdiqlangan materialni jo’natish protsedurasi mavjud bo’lsa, bu qoida majburiy emas. Tekshiruv predmeti. Hisobotda ular aloqador bo’lgan moliyaviy hisobotlar (moliyaviy audit holatida) yoki sohalar (mablag’lardan foydalanish samaradorligi auditida) ko’rsatilishi talab qilinadi. Bu tekshirilayotgan tashkilot nomi, moliyaviy hisobotlar qamrab olgan sana va davr va shaxsan tekshiruv predmetini o’z ichiga oladi. Yuridik asos. Hisobotlarda tekshiruv o’tkazish uchun asos bo’ladigan qonunchilikka yoki boshqa qonunga havola bo’lishi shart (masalan, direktorlar kengashi qarori, tasdiqlangan yillik yoki umumiy audit rejasi va b.). Standart va yo’riqnomalarga mutanosiblik. Hisobot va xulosalarda foydalanuvchi nazorat chora-tadbirlari umumqabul qilingan protseduralarga mutanosiblikda o’tkazilganligini tushunishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar keltirilishi lozim. O’z vaqtidalik. Audit haqida hisobot yoki ma’lumotnomalar foydalanuvchilarga, xususan, tekshirish natijalari bo’yicha zaruriy choralarni ko’rishi lozim bo’lganlarga maksimal natija keltirishi uchun qisqa muddatlarda taqdim etilishi talab qilinadi. Kamchiliklar aniqlangan holatda tekshiruv natijalari haqida hisobotga odatda ularni bartaraf etish bo’yicha zaruriy choralarni qabul qilishga taalluqli tavsiyalar kiritiladi. Tavsiyalar quyidagi talablarga javob berishi lozim: mutanosib xulosalarga asoslanishi va