ayniqsa ichki auditorlar bilan kelishmovchiliklar ichki auditor ishchi hujjatlari va hisobotlarida majburiy ravishda aks ettirilishi darkor. Tavsiyalar bajarilishini tekshirish ichki auditorlar nazorat sub’ektlari o’rtasida teskari aloqasi ta’minlanadi va quyidagi maqsadlarda olib boriladi: aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etishga yo’naltirilgan tavsiyalarni bajarish bo’yicha nazorat sub’ektlari harakatlari o’z vaqtidaligi va tizimliligini kuzatish; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qo’llanilgan choralarning haqiqiy samaradorligini baholash; tavsiyalarni bajarish mehnat sig’imi va “xarajatliligini” baholash; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yo’naltirilgan qo’shimcha ishlar o’tkazish yoki tavsiyalarning amaliyligini qo’shimcha kelgusi tekshiruvini o’tkazish zaruratini aniqlash; ushbu holat yoki vaqt uchun tatbiq qilinayotgan tavsiyalar nomuvofiq yoki nomaqbulligiga oid dalillar olish; ichki auditorlar tavsiyalari bajarilishi tekshiruvi bo’yicha ish natijalarini mutanosib hisobotga kiritish. Tekshiruvlar turli shakllarda o’tkazilishi mumkin: audit qilinayotgan ob’ekt joriy hisobotida ushbu bandni kiritish yoki maxsus joriy hisobot shaklida tavsiyalarni bajarish jarayoni haqida joriy axborotlar negizida; tekshirilgan tashkilotlardan olingan ularning bajarilishini tasdiqlovchi, mutanosib hujjatlar asosida, shuningdek, bevosita nazorat ob’ektlarida tavsiyalarning ayrim jihatlari bajarilishini tekshirish yo’li bilan. Bunda tashkilot, filiallar va bo’linmalardagi takroriy tekshiruvlar ularning faoliyatini chuqur tahlil qilishni talab qilmaydi, samara paydo bo’lishining kutilgan muddati asosida grafik bo’yicha rejali tartibda olib boriladi.