jalb etish ularga sharoitlar yaratishni talab etadi. Bu esa tashkilotga moliyaviy zarar keltiradi. 16.6. Ichki audit natijalarini umumlashtirish
Auditorlik faoliyati natijalari bo’yicha rahbariyatga davriy ravishda hisobotlar taqdim etiladi, unda bajarilgan ishlar audit bo’limi vazifalari va auditorlik tekshiruvining kalendar grafiklari bilan qiyoslanadi, xarajatlar smetasi ijrosi tahlil qilinadi, asosiy chetlashishlarning sabablari izohlanadi va qanday zaruriy choralar qo’llash lozimligi ko’rsatiladi. Ichki audit xizmati hisobotiga odatda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: – mazkur audit maqsadi va xarakteri; – u qamrab olgan davr; – ixtiyoriy cheklovlarni o’z ichiga olgan audit ko’lami; – ichki auditorlarning nasl-nomasi, lavozimlar, ish joylari, auditorning malakaviy seotifikati mavjudligi, ichki audit o’tkazish jarayonida majburiyatlar ko’rsatilgan holda ichki audit guruhlari tarkibi; – mazkur audit jarayonida qo’llanilgan professional standartlar, qarorlar, qoidalar va metodik ko’rsatmalar; – rahbarlar, mutaxassislar hamda boshqa tekshiruv sub’ektlarining mutanosib vazifa va majburiyatlari ko’rsatilgan holda tekshiruv ob’ektlari; – mazkur audit maqsadlari uchun foydalanilgan mezonlar va bu mezonlarning maqbulligiga taalluqli tekshiruv ob’ektining rahbariyat bilan ixtiyoriy kelishmovchiliklari; – audit yakunlari bo’yicha qilingan xulosalar; – aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar (ushbu xulosa audit yakuni bo’yicha tayyorlanadigan barcha qaydlar uchun majburiy hisoblanmaydi); – tekshiruv ob’ekti rahbarining mulohazalari (agar ular berilgan bo’lsa), jumladan tekshirish natijalarida aniqlangan kamchiliklarni va ixtiyoriy kelishmovchiliklarni bartaraf