keladi. Uning xodimlari hududiy holatda korxonaning bosh ofisida yoki sho’’ba korxonalarida joylashishi mumkin. Ammo nima bo’lganda ham ular funktsional ravishda
korxonaning rahbariga bo’ysunadi. Ichki audit xizmati ishchilarning markazlashgan strukturasi korxonaning qaysi bir filial yoki sho’’basida joylashmasin, korxonaning ichki audit xizmati boshlig’iga yoki korxona rahbariga bo’ysunadi. Bu turdagi korxonalarga boshqaruv kuchsizlanish ehtimoli yuzaga keladi hamda ichki audit xizmatining erkinligi va ob’ektivligida yuzaga kelish mumkin bo’lgan riskni kamaytiradi. Autsorsing va kosorsing. Ichki audit tekshiruvidan tashqari, chetdan audit tekshiruvi bo’yicha shug’ulanuvchi tashkilotning jalb qilgan holda yoki tashqi maslahatchi jalb qilish orqali amalga oshirish ham mumkin. Bu autsorsing varianti, ammo tashkilotning ichki audit masalalarini tashqi audit hal etishi tavsiya etilmaydi. Yana kosorsing varianti ham mavjud bunda korxona ichki audit xizmati tizimni tashkil etishdir va ba’zi hollarda tashqi ekspert korxonalarini yoki tashqi maslahatchilarni jalb qilish mumkin. Autsorsing va kosorsing foydalanishning afzalligi quyidagicha: - Har xil doiradagi ekspertlar xizmatidan foydalanish; - Yuqori malakali audit xodimlar xizmatidan foydalanish; - Audit resurslarni jalb qilishda tanlay olish. Autsorsing va kosorsingdan foydalanish ko’pgina tashkilotlarga ma’qul keladi, chunki ko’pgina kichik tashkilotlar o’zining shaxsiy audit xizmati tizimini tashkil eta olmaydi, shuningdek yirik korxonalarda ham. Ichki audit tizimini tashkil etish qo’shimcha ishchilarni