Ekspert xulosasi uch qismdan: kirish, tadqiq etish va xulosa qismlaridan
iborat bo’lishi kerak. Ekspert xulosasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi
shart:
hujjatning nomi.
hujjat sanasi.
Ekspertning o’z imzosi va uning rasshifrovkasi. Ekspert-yuridik
shaxs xulosasi uning muhri bilan tasdiqlanishi shart. Ekspert o’z xulosasini
kamida ikki nusxada tayyorlaydi, ulardan biri auditorlik tashkiloti audit
o’tkazayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga, ikkinchisi auditorlik tashkilotiga
taqdim etiladi.
Ekspert ishi natijalarini rasmiylashtirish.
Ekspert o’z ishi
natijalarini yozma shakldagi xulosa (hisobot, hisob-kitob va
hokazolar) ko’rinishida taqdim etadi.
Ekspert ishi natijalaridan foydalanish.
Ekspert ishi natijalari auditorlik
tashkiloti tomonidan quyidagilarga nisbatan ko’rib chiqilishi kerak:
1. Ekspert xulosasiga asoslanadigan axborot.
2.Ekspert tomonidan o’z xulosasini tayyorlashda foydalanilgan taxminlar
va usullar, shu jumladan, ularning oldingi davrlarda foydalanilgan taxminlar va
usullarga muvofiqligi.
3. O’tkazilgan auditning umumiy natijalari.
Ekspert xulosasida ko’rsatilishi zarur bo’lgan ko’rsatkichlar
Uni audit qilishda ekspert o’z ishini bajargan xo’jalik
yurituvchi sub’ektning nomi
O’tkazilgan ish ob’ekti va ekspert mas’uliyatining
chegarasi
Qo’llangan ish usullari, shu jumladan, ularning
avvalgi davrlarda foydalanilgan usullarga muvofiqligi
O’tkazilgan ish bilan bog’liq har qanday hal
etilmaydigan jiddiy shubhalar
O’tkazilgan ish natijalari