«asosiy vositalar inventar ro’yxati» (AV-7 shakl) (yoki daftari)dan 0110-0190 schetlar bo’yicha obo-rot vedomostiga o’tkazilishining to’g’riligini tekshirish. 10. 0110-0199 schetlar bo’yicha hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlar to’g’riligini tekshirish. 0110-0199 schetlar bo’yicha tegishli hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlarning, oborot vedomostlardagi aynan shu hisobot davri oxiriga chi-qarilgan qoldiqlarga mosligini tekshirish. 11. №13-ASK Jurnal-order «hammasi» degan satridagi 0110-0199 schetlarning kredit oborotlarini tegishli hisobot dav-ri uchun oborot vedomostlaridagi aynan shu schetlar bo’yicha kredit oborotlari bilan solishtirish. 12. №13-ASK Jurnal-orderining «hammasi» degan satridagi summa va 0110-0199 schetlarning krediti bo’yicha yozuvlar yozi-ladigan tomonidagi 1-27 satrlar summalar tengligini tek-shirish. №13 – ASK jurnal-orderning 0210-0299 schetlar krediti bo’yicha yozuvlar yoziladigan qismidagi «hammasi» de-gan satr summasi va 1-6 satrlar summalari tengligini tekshirish. 13. Tegishli oy bo’yicha: Bosh daftarning 18 grafasidagi sum-maning №13-Jurnal-orderdagi 0110-0199 schetlar krediti bo’yicha «hammasi» degan yozuvga tengligini tekshirish. 14. 0110-0199 schetlar bo’yicha debet oborotlarini jamlashning to’g’riligini tekshirish. 15. Bosh daftarning: 19-grafasidagi 0110-0199 schetlar bo’yicha debet qoldiqlarning Balans 012 satridagi summaga; 20-gra-fasidagi 0210-0299 schetlar bo’yicha hisobot davri oxiriga kredit qoldiqlarning Balans 011 satridagi summaga teng-ligini tekshirish.