mavjud xatarlar yoki shartli hodisalar bilan bog’liq qandaydir o’zgarishlar yuz berganmi ba’zan qo’llaniladigan qandaydir buxgalteriya tuzatishlari kiritilganmi yoki ko’rib chiqilyaptimi
Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud: a) birinchi toifa xatarlar -
tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari; b) ikkinchi toifa xatarlar -
tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari. Tanlash riski. Jamlanmaning hajmi (o’lchamini) belgilashda auditorlik tashkiloti tanlash riskini, yo’l qo’yilgan va kutilayotgan xatolarni aniqlashi kerak. Tanlash shundan iborat bo’ladiki, auditorning tanlash ma’lumotlari asosida yuzaga kelgan, muayyan masalalar bo’yicha fikri, xuddi shu masalalar bo’yicha butun jamlanmani o’rganish asosida yuzaga kelgan fikrlardan farq qilishi mumkin. Tanlash riski nazorat tizimi vositalarini testdan o’tkazishda ham,