absolyut va nisbiy miqdori. Xatoning absolyut miqdori – bu auditorning sub’ektiv fikri bo’lib, ma’lum summadagi xato summaning ahamiyatliligiga ko’ra boshqa vaziyatlarga bog’liq bo’lmagan holda jiddiy deb tan olinishi mumkin. Nisbiy miqdor esa qabul qilingan tegishli miqdoriy mezonga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. Auditor muhimlik darajasini aniqlashda joriy yilning asosiy ko’rsatkichlari kabi, joriy va o’tgan yillarning o’rtacha ko’rsatkichlaridan ham, shuningdek ma’lum bir shaklga keltirilishi mumkin bo’lgan istalgan hisob-kitob amallaridan ham foydalanishi mumkin. Mazkur muayyan tekshiruv uchun muhimlik darajasining yagona ko’rsatkichi kabi, muhimlik darajasini belgilaydigan har xil ko’rsatkichlar yig’indisidan ham foydalanishiga ruxsat etiladi. Muhimlik darajasini aniqlashda qo’llaniladigan har xil ko’rsatkichlar yig’indisidan iborat to’plamdagi ko’rsatkichlarning har biri buxgalterlik hisobi schyotlarining ma’lum bir guruhini, balans moddasini, hisobot ko’rsatkichlarini baholash uchun mo’ljallangan bo’lishi lozim. Eng muhim ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni olish va ularga nisbatan qo’llaniladigan foizlarni tavsiya sifatida belgilash mumkin. Ushbu ko’rsatkichlar quyidagi jadvalga tushirilib (2-grafa), qabul qilingan muhimlik darajasi (%) ga muvofiq (3-grafa) muhimlik darajasining absolyut miqdori (4-grafa) hisoblab chiqariladi. Moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha Muhimlik darajasini hisoblash jadvali. (namuna) Asosiy ko’rsatkichlar Asosiy k o’ rsatki ch q iymat i % M u h imlik