moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schetlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» nomli BHMS larga muvofiq esa tugallanmagan ishlab chiqarish ham tovar- moddiy zahiralar qoldig’i hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, haqiqatda yo’q narsa korxona mablag’i sifatida ko’rsatiladi. Bu hol birinchidan, auditorlik faoliyatida jiddiy ko’rsatkich hisoblansa, ikkinchidan korxona moliyaviy holatini baholaydigan mezonlarning buzilishiga olib keladi. Shuningdek, korxonalari balansi aktividagi II bo’lim va passividagi II bo’limni auditni rejalashtirishda jiddiy ko’rsatkich deb qabul qilish ko’pincha debitor va kreditor qarzlarning haqqoniylik darajasi bilan bog’liq. O’z mablag’larining manbai (passivdagi I bo’lim jami –460 satr)ni muhimlik mezoni sifatida qo’llash esa jamoa xo’jaliklari negizida tashkil etilgan shirkat xo’jaliklari va yangidan tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga xos bo’lishi mumkin. Yuqorida bayon etilgan shart-sharoitlar, xususan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaysi tarmoqqa tegishliligi, mulkchilik shakli, tashkiliy-iqtisodiy tavsiflari va boshqalardan kelib chiqib, auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish uchun muhim ko’rsatkichlarni tanlash va muhimlik darajasini hisob-kitob qilish uchun o’zining ichki standartlarini (uslub va shakllarini) ishlab chiqishi zarur. Muhimlik darajasini aniqlash amallari, barcha arifmetik hisob-kitoblar, o’rtacha miqdor chiqarish, yaxlitlash va auditor qaysi bir miqdorni hisob-kitobdan chiqarib tashlashi uchun asos bo’lgan sabablar tekshirishning ishchi hujjatlarida aks ettirilishi lozim. Muhimlik darajasining muayyan miqdori auditni rejalashtirish bosqichining yakunida auditorlik tashkiloti tomonidan ma’qullanishi lozim. Auditorlik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishdan oldin muhimlik darajasini