bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Ichki xo’jalik riskini baholashda auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim. Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichidir. Aniqlanmaslik riski (AR) - ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski (DR-Detektion risk) – bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir. Bunday ehtimollik auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanadi. Shuningdek, auditor ishlarining sifat ko’rsatkichi, auditorning malakasi va muayyan auditorlik tekshiruvining o’tkazilish xususiyatlariga bog’liq. Aniqlanmaslik riskini ikki guruhga bo’lish mumkin: 1. Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda jiddiy xatolarga yo’l qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o’zining maxsus malakasi etishmasligi sababli tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin. 2. Tanlashdagi risk –bu jiddiy xato-kamchiliklarning nazorat testlarini o’tkazish