Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


sub’ektning hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik guruhi tomonidan tekshiruv



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

sub’ektning hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik guruhi tomonidan tekshiruv 
o’tkazilganida bunday ko’p bosqichli rejalashtirish zarur. Biroq, bizning fikrimizcha, 
unchalik katta bo’lmagan xo’jalik muomalalari kam sodir bo’ladigan, bir turdagi mahsulot 
ishlab chiqarish (ish, xizmat bajarish) bilan shugullanuvchi mikrofirmalarda audit 
o’tkazganida, bunday keng qamrovli reja tuzish maqsadga muvofiq emas.
Agar auditorlik tashkilotining ko’pchilik mijozlari kichik biznes korxonalariga taalukli 
bo’lsa, u holda unchalik katta bo’lmagan tuzatishlar kiritilganida ko’pchilik korxonalarni 
tekshirish uchun mos keladigan namunaviy audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish 
chog’ida audit dasturini batafsil tuzishga maxsus e’tibor qaratish zarur. Bunday namunaviy 
rejalar bir nechta bo’lib, ular bir-birlaridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq 
qilishlari mumkin. Masalan, savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
korxonalari va xokazo. Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy 
namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja 
tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga qaratish 
zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy 


tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ular: 

uyg’unlik (komplekslik); 

uzluksizlik,

maqbullik.
Uyg’unlik tamoyili
auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va 
dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini 
ta’minlashni nazarda tutadi.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin