Yuqorida bayon etilganidek, auditorlik risklarining maqbul to’plami bir qancha risklardan iborat. Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to’plami ga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh harflari) bo’yicha quyidagi formula ko’rinishida ifodalangan: DAR= IR*CR*DR
Р. М. В. тасдиқлаган №54, 14. 10. 1999 й, Ўз. Р. АВ. да рўйхатга олинган, №837, 10. 11. 1999 й.)
DAR (Desired audit risk) – ARMT (auditorlik risklarning maqbul to’plami); IR (Internal risk) – IXR (ichki xo’jalik riski); SR (Control risk) – NR (nazorat riski); DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski). Demak, auditorlik risklarining maqbul to’plami (ARMT) ni va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar (IXR; NR; AR)ni batafsil bayon qilish va mohiyatini o’rganish uchun quyidagi formula ko’rinishida ifodalaymiz hamda uning tarkibiy qismlarini alohida ko’rib chiqamiz: ARMT= IXR*NR*AR Ichki xo’jalik riski –IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q