Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:
auditorlik amallarining xususiyatlari, vaqti va chuqurli-gini aniqlashda;
xatolar ta’sirini aniqlashda. 5.2. Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimini
shakllantirish tartibi
№ 9 – «Muhimlik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq Muhimlik darajasi deganda moliyaviy hisobot-dagi xatoning, ushbu hisobotdan foydalanuvchi unga asosan to’g’ri xulosa va qaror qabul qilishiga monelik qiladagan chegarasi tushuniladi (8 bandi). Ushbu standartga asosan auditorlik tashkilotlari muhimlik darajasini aniqlash tartibini o’rnatadigan o’zlarining ichki ishchi standartlarini ishlab chiqishlari kerak. Ishchi standart yordamida esa asosiy ko’rsatkichlar tizimi shakllantiriladi va muhimlik darajasi aniqlanadi. Lekin, №9-AFMSda muhimlik darajasini aniqlash uchun tavsiya qiliznadigan asosiy ko’rsatkichlar, ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xususiyatlariga bog’liqligi va hisob-kitob qilib chiqarish tartibi tavsiya sifatida uslubiy jihatdan asoslab berilmagan. Bizning fikrimizcha, standartning 9 bandida xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni va ularga nisbatan qo’llani-ladigan foiz (%) ko’rsatkichlarini keltirish zarur. Muhimlik darajasining absolyut miqdorini topishda auditor audit qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni asos qilib olishi zarur. Bunday ko’rsatkichlar keyinchalik shartli ravishda moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari deb ataladi. Ular aniqlan-ganidan so’ng tegishli tarzda hujjatlashtiriladi va tekshiruvda doimiy asos sifatida qo’llaniladi.