1. ishlarni muvofiqlashtirish (bitta xo’jalik muomalasining turli jihatlarini ko’rib chiqish) hisobiga ataylab qilinmaydigan xatolarni aniqlash va to’g’rilash osonlashadi. 2. axborotlarni buzib ko’rsatish qiyinroq bo’ladi, chunki bu ikki yoki undan ortiq ishchi shaxslarning til biriktirishini talab etadi. Nazorat qilib turish nazorat muhitining muhim elementi hisoblanadi. Korxonada hisob funktsiyalari va nazorat amallarini korxona xodimlari va kompyuter tizimi bajarishi mumkin. Menejerlar tomonidan bu funktsiyalar bajarilishi ustidan nazorat o’rnatilishini ta’minlash e’tiborga molik. Kreditlash bo’yicha menejerlar ishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi nazoratchi, masalan, debitorlar schyotlaridagi saldolarni nazorat schyoti ma’lumotlariga vaqti-vaqti bilan taqqoslab turishi mumkin. Bo’linmalar rahbarlari yoki nazoratchilari xizmatchilar tomonidan topilgan xatolarni tuzatishlari, shuningdek, korxonadagi hisob tizimiga taalluqli qarorlar qabul qilishi va ruxsat etishi mumkin. Nazorat o’rnatish boshqaruv nazoratining muhim vositasi va butun ichki nazorat tizimi faoliyat ko’rsatishining sharti hisoblanadi. Tomonlar o’rtasida kelishilgan dastur bajaradigan ishlar (xizmatlar) hajmi va qiymatini aniqlashda asos bo’lib, quyidagi shakldagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi: 7.5. Ichki nazoratni boshqarish faoliyati komponentlari COSO komponentlari: nazorat harakatlari (ta’siri) Nazorat harakatlari – bu shunday xatti-harakatki, siyosat va protseduralar ko’magida rahbariyatga nazoratning bajarilishini ta’minlash borasida yordam beradi. Nazorat harakatlari jarayonlar doirasida bajariladi, masalan, tranzaktsiyalarga va texnologiya