yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks ettirishdan iborat. Faraz qilaylik, auditor tomonidan dastlabki auditorlik tekshiruvi dasturi tayyorlangan va u oldinda turgan ishlarning borishi to’g’risida ma’lum tasavvurga ega. Dastlabki dastur sifatida o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvining dasturi olinib, mijoz-korxonadagi ichki nazorat tizimini dastlabki tahlil qilish va samarasizlik xavf-xatarini baholash natijalariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi. Auditorlik tekshiruvi dasturi moliyaviy hisobotdagi axborotlarning ishonchliligini tasdiqlashga qaratilgan amallar ro’yxatidan iborat. Har bir auditorlik amalining turi, o’tkazish vaqti va miqyosi aniqlanib, u moliyaviy hisobotning bir yoki bir necha ko’rsatkichlari bilan bevosita bog’liq. Auditorlik amallarining ettita asosiy turi mavjud: qayta sanash, kuzatish, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, nusxa ko’chirish va
tahlil qilish amallari. Ichki nazorat tizimini baholashning navbatdagi maqsadi -bu uni takomillashtirish bo’yicha konstruktiv takliflar ishlab chiqishdir. Auditor ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda faol ishtirok etib, o’z takliflarini mijozga taqdim etiladigan maxsus xatda bayon qiladi. Auditorlar ushbu takliflarni auditorlik tekshiruvining elementi sifatida rasman qabul qilib, ularni konsultatsiya xizmatlari qatoriga kiritmaydi. Berilgan takliflarga rioya qilish yoki qilmaslikni mijozning o’zi hal etadi. Takliflar bayon qilingan xat audit jarayoni yakunlanganidan so’ng yoziladi. Xatda ichki nazorat tizimining muammolari bilan bog’-liq faktlar bayon qilinib, auditor bular haqida mijoz-korxona boshqaruvini xabardor qilishi lozim. Chunki, bu muammolar ichki nazorat tizimining tarkibi va faoliyat ko’r-satishida sezilarli kamchiliklar