foydalanilayotgan buxgalteriya hisobini yuritish usullariga nomuvofiqligi aniqlanganida auditorlik hisobotining xotima qismida maxsus izohlar berilishi zarur. 7.4. Ichki nazorat tizimini o’rganish.
Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda unga tayanish mumkinligi haqida asosli qaror qabul qila olishi uchun bu tizimni o’rganadi. Nazorat tizimining ishonchliligi, uning hisob yuritishda muayyan shaxslar qasddan qilishi mumkin bo’lgan, shuningdek tasodifiy yo’l qo’yiladigan xatolarning oldini olish va aniqlash layoqatidan iborat. Agar auditorning fikricha, ichki nazorat tizimi ishonchli bo’lsa, bunda u tekshiruv ob’ektlaridan birortasi bo’yicha schyotlar yoki muomalalarni tekshirishni to’liq yoki qisman ichki nazorat tizimining ishlashini tekshirish natijasi bilan almashtirishi mumkin. Agar, ichki nazorat tizimi ishonchli va sezilarli darajada izdan chiqmasdan ishlayotganligini aniqlansa, u bunday tizimdagi buxgalterlik ma’lumotlarida ham katta xatolar yo’q deb taxmin qilishga haqlidir. Agar, ichki nazorat tizimi samarasiz bo’lsa, auditor uning kamchiliklaridan kelib chiqadigan xatarli vaziyatlarni bartaraf qilish uchun testlar soni va uni tanlash hajmini ko’paytirishi lozim. Ichki nazorat tizimini ko’rib chiqishda, auditor avvalo, korxona ma’muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya’ni korxona rahbarining fikrlash xususiyatlarini, ularning rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy hisobotga munosabatini o’rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini ham inkor qilmasligi lozim. O’rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan tahlikali vaziyatlarni baholashda to’plagan ma’lumotlaridan foydalanadi. Rejalashtirish paytida ichki nazorat tizimi faoliyatining barcha tomonlarini batafsil tahlil