zarur. Auditorlik tekshiruvi jarayonida bevosita ijrochilar (menejerlar, moddiy javobgar shaxslar, buxgalterlar va b. ) bilan suhbatlashib, mansab yo’riqnomalarining aniq ijrochilariga etkazilganligini aniqlashi va shu bilan birga ichki nazoratning ishonchliligi yoki yuzakiligi to’g’risida qo’shimcha dalillar olishi mumkin. №50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSga muvofiq og’zaki so’rov natijalari bayonnoma yoki qisqacha konspekt ko’rinishida yozib borish zarur bo’lib, unda so’rov o’tkazgan auditorning familiyasi, hamda so’ralgan shaxsning familiyasi, ismi-sharifi ko’rsatilgan bo’lishi shart. Og’zaki so’rovlar o’tkazish uchun har xil muammolar (masalan, ayrim muomalalarni uchastkalar, faoliyat turlari yoki bo’linmalar bo’yicha hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi va hujjatlar aylanishini baholash) bo’yicha anketalar oldindan tayyorlangan bo’lishi mumkin. Auditorlik tashkilotlari savollar ro’yxati bilan standart testlar
tayyorlab, unda so’ralgan shaxslarning javoblari ko’rsatiladi. Javoblarning auditor tomonidan baholanishi so’rov o’tkazish jarayonining muhim qismi bo’lib, og’zaki so’rovlar natijalari bo’yicha tayyorlangan yozma ma’lumot auditorlik tashkilotining boshqa ishchi hujjatlariga qo’shimcha qilinadi. Hujjatlarni tekshirishda auditor ko’rib chiqayotgan ma’lum hujjatning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishi lozim. Ushbu maqsadda buxgalteriya hisobida ma’lum yozuvlarni tanlab olish va xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan faktning hisobda aks ettirilishi kuzatib chiqiladi. Hujjat bilan ishlashda uning kim tomonidan tuzilganligi muhim ahamiyatga ega. Mijoz korxona tomonidan tayyorlangan va ishlov berilgan hujjatlar ichki hujjatlar hisoblanadi. Auditorlik tashkilotiga qay darajada ishonish bunday hujjatlarni tuzish va ishlov