Tahliliy amallar moliyaviy tahlilning taqqoslash, nisbatlar va koeffitsientlarni baholash kabi elementlari va usullaridan foydalanishni nazarda tutadi. Tahliliy amallarning eng ko’p tarqalgani taqqoslash bo’lib hisoblanadi. Bunda quyidagilar taqqoslanadi: turli davrlar uchun schetlardagi qoldiqlar; moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari biznes-reja ko’rsatkichlari bilan; hisobotning har xil moddalar bilan oldingi davrlar ma’lumotlari o’rtasidagi nisbat; xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy ko’rsatkichlari iqtisodiyotning tegishli tarmogidagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan; moliyaviy axborotlar nomoliyaviy axborotlar (xo’jalik yurituvchi subektning faoliyati to’g’risidagi uning buxgalteriya hisobi tizimida bevosita aks ettirilmaydigan ma’lumotlar) bilan. Tahliliy amallar hisob va hisobot ma’lumotlarini ko’rsatkichlar orasidagi o’zaro bog’liqliklarni o’rganish, hisobot ma’lumotlarini va ularning o’zgarish tendentsiyalarini taqqoslash, hisobot moddalari va ko’rsatkichlarining keskin farq qilish sabablarini o’rganishni nazarda tutadi. Masalan, asosiy vositalar qiymatining ko’payishi odatda amortizatsiya summalarining ko’payishiga ham olib keladi. Nomuvofiqlik aniqlanganda auditor tegishli dalillarni topishi lozim. Aytaylik, asosiy vositalar kirimini tekshirib mijoz-tashkilot mazkur aktivlarni byudjetdan moliyalashtirish hisobiga sovg’a shartnomasi bo’yicha olganligini aniqladi. Bunday obektlar bo’yicha esa amortizatsiya hisoblanmaydi. Shunday qilib aniqlangan nomuvofiqlikka auditor tomonidan qoniqarli isbot topilgan. Tahliliy amallar auditni rejalashtirish chog’ida, tekshiruv jarayonida va uni yakunlash
bosqichida qo’llaniladi. Auditni rejalashtirish chog’ida tahliliy amallarni qo’llash, masalan, balans