mahsulotlar hisob-kitobi; xom-ashyo va materiallarni haqi-qiy sarfi bilan taqqoslash; xom- ashyo va materiallarni sarflashda tafovutlarni aniqlash. Tayyor mahsulot balansini aniqlashda uning haqiqiy chiqishi mahsulot birligi uchun ketadigan xom-ashyo va materiallar normasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan normativlari va xom-ashyo va materiallarning haqiqiy sarfi bilan taqqoslanadi. Bunday balansni tuzish xom-ashyo, materiallar sarfi va mahsulot chiqishi (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) normatividan chetga chiqishlarni aniqlash va shu bilan birga moliyaviy natijani hisoblab chiqarishning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishga imkon beradi. Muqobil balans tuzish
– auditorlik ishining muhim elementidir. U auditni boshlashdan oldin sintetik va analitik hisob registrlarining yoki bosh daftarning ma’lumotlari bo’yicha tuziladi. Natijada, auditor tasdiqlanishi lozim bo’lgan balansga o’xshash, yangi balansga ega bo’ladi. Agar rasmiy va muqobil balanslar o’rtasida tafovutlar vujudga kelsa, bu tofovutlar mijoz-korxona hisobotida bosh buxgalterning ataylab qilgan chalkashliklarini bildiradi. Bayon qilinganlarni umumlashtirish asosida ta’kidlash zarurki, auditorlik tekshiruvlarining samaradorligi ma’-lum darajada auditorlik dalillarni to’plashda qo’llaniladigan usullarni qanday mahorat bilan qo’llashga ham bog’liq. 8.5.Audit dalillarni olish uchun auditrolik amallar ketma ketligi Auditorlik dalillar va audit amallari Audit dalillar auditorlik xulosasini tasdiqlash uchun auditor tomonidan olingan ma'lumot. Xulosani shakllantirishda Auditorlik faoliyatining eng ko’p ishi audit dalillarni olish baholashdan iborat. Bu audit amallarida amalga oshiriladi va uch toifaga bo’linadi:
Risklarni baholash jarayonlari