To’lig’incha auditda ichki yoki tashqi tekshiruvlarni o’tkazish
Joriy ishlarni bajarish va rejalashitish kabi oldingi yildagi bajarilgan ishlarni tushinishda auditorga ko’maklashish Audit hujjatlariga misollar quydagilar:
Audit dasturlari
Mijoz yoki auditorl tomonidan tayyorlangan tahlillar
Memorandumlar
Muhim topilmalar yoki masalalarni qisqacha bayoni
Tasdiqlash va bayonli yozuvlar
Nazorat qog’ozi
Muhim topilmalar yoki masalalariga doir (shu jumladan e-mail) yozishmalar
Yozishmalar
8.6. Auditorlik tanlash tushunchasi
Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolining auditor tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin. Aks holda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya xodimlarining bilim da-rajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim. Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijoz-korxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qi-lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Agar tekshiriladigan ob’ektlarining soni statistik tanlash usullarini talab qilmaydigan