oldingi davrlarda ekspert xizmatlaridan foydalangan bo’lsa) to’g’risida ma’lumotlar. Ekspert o’z ishining natijalarini yozma shakldagi (hisobot, hisob-kitob va sh. k) xulosa ko’rinishida taqdim etadi. Ekspert xulosasi tajribali auditor va (yoki) boshqa ekspert tanishib chiqib, ekspert tomonidan bajarilgan ishlar to’g’risida tasavvurga ega bo’ladigan darajada to’liq va batafsil bo’lishi lozim. Xususan, ekspert xulosasida quyidagilar aks ettirilgan bo’lishi zarur:
xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi;
ish bajarilgan ob’ekti;
bajarilgan ish hajmi va ekspertning mas’uliyat chegarasi;
qo’llanilgan ish usullari, shu jumladan ularning oldingi davrlarda foydalanilgan usullarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert ishidan foydalangan bo’lsa);
ishni bajarish chog’ida ekspert tomonidan qabul qilingan taxminlar, shu jumladan ularni oldingi davrlarda qabul qilingan taxminlarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert ishidan frydalangan bo’lsa);
bajarilgan ish bilan bog’liq bo’lgan xal etilmay qolgan xar qanday jiddiy shubxalar;
bajarilgan ishlarning natijalari. №16 AFMSda ta’kidlanishicha, ekspert xulosasi uchta qismdan iborat: kirish, tekshirish va xotima. Ekspert xulosasining kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi:
ekspert o’z ishini bajargan xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi;
ekspert tomonidan bajarilgan ishlar nomi va bu ishlarning bayoni
ekspert haqida ma’lumotlar: nasabi, ismi-sharifi; malakasi;
materiallarning o’rganish uchun qabul qilingan sanasi;
o’rganish uchun qabul qilingan materiallar nomi;