Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorga ko’pincha nafaqat kompyuter texnologiyasi sohasidagi, balki mijozning biznesiga bevosita aloqador bo’lgan, buxgalteriyaga taalluqli bo’lmagan maxsus bilimlar ham zarur bo’ladi. Bunday hollarda auditorlik tekshiruvi o’tkazishda faqat auditorlik firmasining xodimlari emas, balki pudrat shartnomasi asosida chetdan maxsus ekspert mutaxassislar ham jalb qilinadi. Masalan, quruvchi tashkilotlar kabi, neftni qayta ishlash kompaniyalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi va tibbiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarni ham tekshirish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin. Bunda mazkur muayyan soha ekspertlari yordamiga murojaat qilish zarur. Auditorlik tashkiloti qanday hollarda va qay tarzda ekspert tayinlashi, ekspert ishlarining natijalarini rasmiylashtirishga oid qanday talablar mavjudligi va ulardan foydalanish tartiblari №16 «Ekspert ishlaridan foydalanish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standartida bayon qilingan. Standartga muvofiq mazkur auditorlik tashkilotining shtatida turmaydigan, buxgalterlik hisobi va auditdan boshqa (tashqari) ma’lum sohalarda (ma’lum masalalar bo’yicha) etarli darajadagi bilim va (yoki) tajribaga ega, ushbu sohaga taalluqli masalalar bo’yicha xulosa bera oladigan mutaxassis ekspert deb tan olinadi. Ushbu standart talablari tekshiruv natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlash ko’zda tutilgan barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy, auditorlik xulosasi berish ko’zda tutilmagan tekshiruvlar, hamda professional xizmat ko’rsatuvchi auditorlik tashkilotlari uchun esa tavsiya tavsifiga ega hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti muayyan topshiriqni bajarish chog’ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqish holatlarida ushbu vaziyatni o’zi-ning ishchi hujjatlarida aks ettirishi va mijoz korxona