iventarizatsiya ro’yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18 shakllar), inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari bo’yicha korxona rahbariyatining qarorini o’rganadi. Inventarizatsiya materiallarini tekshirish auditorga auditorlik risklari va auditorlik amallarini tuzatish uchun, ichki nazorat natijalariga qanchalik tayanish mumkinligiga ishonch hosil qilishi uchun zarur. Bunda u inventarizatsiya o’tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 24-29 bandlariga rioya qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya natijasida oshiqcha va kam chiqqan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilishi va soliqqa tortilishining to’g’riligini ham tekshiradi. Bunda auditor O’zbekiston Respublika Adliya Vazirligi tomonidan 23 iyun 2001 yilda 1054-raqam bilan ro’yxatga olingan «Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi qaror»ga rioya qilinganini tekshiradi. Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi ma’lumot manbalarining o’zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi: * moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko’rsatkichlari; * moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko’rsatkichlari; * Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari. Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko’rsatkichlarini o’zaro taqqoslash natijalari jadvalda ko’rsatilgan shakl bo’yicha ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari ko’rsatkichlarining o’zaro
mosligini tekshirish.