mulkiy huquqi ning talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur. Auditorga asosiy vositalar ob’ektlarini yaratish, sotib olish, berish shartnomalari, zarur hollarda esa - qonunchilikka muvofiq oldi-sottini ro’yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi. Asosiy vositalarning to’g’ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish chog’idagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog’liq. Auditor tekshiruv o’tkazishda asosiy vositalarni hisobga qabul qilish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni (AV-1, AV-6 va boshqa shakllar) jalb qiladi. Asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish yoppasiga (ob’ektlar soni unchalik katta bo’lmaganda) yoki tanlab o’tkaziladi. Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish usuliga bog’liq. Auditor O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalar oldi- sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo’shishning qonuniyligini; tugallangan qurilish ob’ektlari inventar qiymatining to’g’ri aniqlanganligi; qo’shimcha qurilganidan va qo’shimcha jihozlanganidan, qayta jihozlanganidan, zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so’ng ob’ekt qiymati to’g’ri aniqlanganligini tekshiradi. Bunda auditor №21 BHMS ga muvofiq kiritilgan o’zgartishlarga alohida e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan bog’liq, ammo