guvohliklarga ega; * buxgalteriya hisobi schyotlaridagi barcha yozuvlar amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan. Isbotlovchi va dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan; * moliyaviy qo’yilmalarga doir barcha muomalalar amaldagi qonunchilikka zid bo’lmagan munosabatlar sharoitidan kelib chiqadi; * moliyaviy qo’yilmalar bilan bog’liq muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibda vakolatli shaxslar tomonidan ruxsat etilganligi; * baholashlar -
moliviy qo’yilmalar (qimmatli qog’ozlar) buxgalteriya hisobi va hisobotida me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq baholangan: * chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlarni so’mda baholash amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq o’tkazilgan; * qimmatli qog’ozlarni sotib olish usuliga ko’ra ularning haqiqiy qiymati me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilgan; * qimmatli qog’ozlar qiymati buxgalteriya hisobotiga kiritish uchun me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq va to’g’ri hisoblab chiqarilgan (bozor bahosi pasayishini hisobga olgan holda); * qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan tushum buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bahoda aks ettirilgan; * aniqligi -
moliyaviy qo’yilmalarga doir xarajatlar buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq hisobga olingan, buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari sintetik hisob registrlaridagi yozuvlarga mos keladi: * dastlabki hujjatlarda, buxgalteriya hisobi registrlarida, ma’lumotlarni buxgalteriya