usuli ko’zda tutilgan. Ular: * to’g’ri chiziqli (yoki bir tekis); * kamayib boruvchi qoldiq; * ishlab chiqarish birliklari summasi bo’yicha amortizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyati, korxona moliyaviy holatiga ta’sirini bilish va shu asosda malakali auditorlik xulosasi shakllantirish maqsadga muvofiq. To’g’ri chiziqli usulning mohiyati muayyan nomoddiy aktivning jami foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish summalari bir me’yorda hisoblab yozib borilishidan iborat. Kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalanish chog’ida muntazam hisoblab boriladigan amortizatsiya summalari foydali xizmat qilish davri davomida kamaytirib boriladi. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli) ga muvofiq amortizatsiya hajmi nomoddiy aktivdan necha marotaba foydalanilishi yoki nechta mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganligiga bevosita bog’liqdir. Amaliyotda amortizatsiya hisoblashning to’g’ri chiziqli usulidan foydalanish afzalroq. Qolgan usullardan muayyan holatlarda foydalanilishi maqsadga muvofiqdir. Auditor hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligini ham aniqlashi lozim. Bunda №21 BHMS ga muvofiq quyidagi test-jadvaldan foydalanish mumkin: Auditor amortizatsiya ajratmalarining har oyda hisoblanayotganligini ham tekshirishi lozim. Chunki amaliyotda nomoddiy aktivlarga har chorakda bir marta amortizatsiya hisoblash hollari uchraydi. Shuningdek, korxona zarar ko’rgan davrlarda ham amortizatsiya hisoblanganligini tekshirish zarur. Qoidaga ko’ra korxona faoliyatining hisobot davridagi