qilib aytganda, buxgalterlik hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan ob’ekti ob’ektiv shaklda mavjud bo’lishi lozim. Sanoat namunalari va kashfiyot huquqlarini sotib olish patentlar, guvohnomalar bilan tasdiqlanadi. Korxona tomonidan har qanday mualliflik huquqlarini sotib olish faqat ushbu mualliflik huquqlarini sotuvchilar jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan kuchga kirgan to’laqonli shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin. Korxona «nou–xou» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun uning og’zaki (matnli) yoki tasviriy tavsifiga ega bo’lishi lozim. Korxona raqobat sharoitida sanoat va intellektual mulklarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko’rishi lozim. Bu nomoddiy aktivlar ob’ektlarning har biri uchun konkret xodimlarni javobgarlikka tortish va ko’rilgan zararni to’liq qoplash uchun imkon yaratadi. Korxonalar nomoddiy aktivlarni har xil yo’llar bilan sotib oladilar va shunga ko’ra ularning kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlar korxona ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi sifatida qo’shilishi mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga yaqinlashgan va korxona aktsiyadorlar kengashi (boshqaruvi) va aktsiyadorlar tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi. «Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga muvofiq texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlarini o’tkazish bilan bog’liq mahsulotlar sifatini yaxshilash, xom ashyo va materialllarning yangi turlarini yaratish, ishlab