natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyotiga o’tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi, foyda byudjet bilan hisob-kitoblar ko’rsatkichlari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini baholashning asoslanganligi ko’p jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari to’g’risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog’liq. Shunga ko’ra, nomoddiy aktivlarni hisobda ro’yxatga olishning texnik jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o’z nomiga ko’ra moddiy negizga ega bo’lmaganliklari uchun korxonada u yoki bu ob’ektning haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalterlik nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi. Buxgalterlik hisobining umumiy printsiplariga ko’ra har qanday nomoddiy aktiv kirimi tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunday dastlabki hujjatlashtirish o’zining mazmuni va tavsifiga ko’ra, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
(AV-1) kabi hujjatlarga o’xshash bo’lishi lozim. Hujjatlarda ob’ektlarning batafsil xususiyatlari, dastlabki qiymati, foydalanishga topshirilgan vaqti, eskirish normasi va xarajatga olib borish kodi, nomoddiy aktiv foydalanadigan bo’linma va boshqa ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim. Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ularni indentifikatsiyalovchi (aynan o’xshatuvchi) hujjatlar ham bo’lishi zarur. Bunday hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o’zlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi hujjatlar, shuningdek, korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha