shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati o’rtasidagi farq summaga (ko’rilgan zarar summasiga) Kredit 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar» scheti–kam chiqqan nomoddiy aktivlar ob’ektining qoldiq qiymatiga. Ko’rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig’ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. Hisobga olinmay qolgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ular nomoddiy aktivlar tarkibiga qo’shilgan paytdan boshlab umumiy belgilangan tartibda hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish korxona rahbarining inventarizatsiya o’tkazish to’g’risidagi buyrug’i, «Nomoddiy aktivlarning inventar ro’yxati nomli inventar ro’yxat (№ INV-1 shakli), 0410-0490 schyotlarning sintetik hisob registrlari va Bosh daftarga asosan amalga oshiriladi. Inventarizatsiya vedomostining ma’lumotlariga asosan inventarizatsiya ro’yxatlarini rasmiylashtirishning to’g’riligi, korxonaning ko’rsatilgan nomoddiy aktivlardan foydalanish uchun huquqini tasdiqlaydigan dastlabki hujjatlar mavjudligi, sintetik va analitik hisob registrlarida hamda Bosh daftarda nomoddiy aktivlarni aks ettirishning to’g’riligi va o’zaro mosligi tekshiriladi. Ko’rib chiqish usulini qo’llash yo’li bilan auditor quyidagilar tengligini tekshiradi: nomoddiy aktivlarga doir hisobot shakllarining ko’rsatkichlari; hisobot ma’lumotlari va bosh daftar; hisob registrlarining ko’rsatkichlari. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun «Buxgalteriya balansi» (1-shakl), nomoddiy aktivlar schyotlari (0410-0490) va nomoddiy aktivlar eskirishi schyotlari (0510-0590) bo’yicha sintetik hisob registrlari, nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan kartochkalar (NMA-1 shakl)