bajarish muddati; ish qiymati va to’lov tartibi; ishni qabul qilish tartibi; ishlar natijalaridan foydalanish shartlari; tomonlarning mas’uliyatlari ko’rsatiladi. Nomoddiy aktiv ob’ektini hisobga qabul qilish kuchga kirgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomalarni yuridik ekspertizadan o’tkazish uchun auditorlik firmasining yuristi jalb qilinishi mumkin. Auditor shartnomalarni tekshirish bilan bir qatorda nomoddiy aktivlarni qabul qilish- topshirish dalolatnomasi (qabul qilish dalolatnomasi) va nomoddiy aktivlarni hisobga olish kartochkasi (№1-NMA shakli)ni to’lg’azishni tekshiradi. (majburiy rekvizitlarni to’lg’azishning to’g’riligi, foydali xizmat muddatining ko’rsatilish, hisobga qabul qilish sanalari (foydalanishga topshirish, ob’ektni ro’yxat qilish; dastlabki hujjatlarni hisob registrlarida aks ettirish). Shartnomalar va dastlabki hujjatlarning yuridik rasmiylashtirilishi tekshirilganidan so’ng auditor nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini arifmetik tekshiruvdan o’tkazadi (ularning baholanishini). «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun»ning 12-moddasi va «Nomoddiy aktivlar» nomli №7 BHMSning 22-23 bandlariga muvofiq nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida pul ifodasida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarni baholash ularning tegishli shartnoma qiymati va rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlarini qo’shish tartibidan kelib chiqib aniqlanadi. «Nomoddiy aktivlar» nomli №7 BHMS 11 bandiga muvofiq nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati - bu aktivni sotib olishda haqiqatda to’langan pul mablag’lari yoki uning ekvivalentlari yoki ishlab chiqarishda qilingan haqiqiy xarajatlar qiymati. Haqiqiy xarajatlar tarkibiga jumladan, nomoddiy aktiv ob’ektining o’zini sotib olish