beriladigan muayyan huquqlar; foydalanish uchun beriladigan huquq muddati; mukofatlash ko’lami yoki uni aniqlash tartibi, to’lash tartibi va muddatlari. Litsenzion shartnoma predmeti bo’lib shunday nomoddiy aktivlar hisoblanadi-ki, ular tegishli organlarda maxsus ro’yxatdan o’tkaziladi (kashfiyot, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi). Litsenziyalovchi (barcha zarur hujjatlarni beruvchi tomon) va litsenziat litsenzion shartnomaning tomonlari bo’lib hisoblanadi. Litsenzion shartnomada ob’ektdan foydalanish usullari (sanoat mulki ob’ektidan foydalanishga doir muayyan huquqlar); foydalanish uchun beriladigan huquq muddati; mukofatlash ko’lami yoki uni aniqlash tartibi, to’lash tartibi va muddatlari. Mukofatlash litsenziatning foydasidan ajratma ko’rinishida yoki qat’iy summa ko’rinishda, yoki ushbu usullarni birgalikda qo’shib aniqlanishi mumkin. Shartnomada tomonlarning majburiyatlari ko’rsatiladi. Litsenzion shartnoma patent idorasida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. «Nou-xou»ni bir-birovga o’tkazish shartnomasi bo’yicha «nou-xou» (axborot)dan foydalanish uchun beriladigan huquq emas, balki uning o’zi beriladi. Shartnomada «nou- xou»ni berish tartibi to’g’risidagi asosiy shartlar, shartnomaning amal qilish muddati, bahosi va to’lov tartibi, maxfiylikni saqlash bo’yicha tomonlarning majburiyatlari ko’rsatiladi. Berilayotgan «nou-xou»ni bayon qilish shartnomaning muhim shartlaridan hisoblanadi. Shartnoma ro’yxatdan o’tkazilmaydi. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish shartnomasida ishlarning nomlari va ularning har bir bosqichi; ishni bajarish uchun asos (dastur, reja, texnik topshiriqlar va shunga o’xshash); butun ishlarni bajarish muddati va har bir bosqichni