bo’lgan nomoddiy aktivlarning miqdori va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 0400-«Nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan schetlar»(0410-0490) schyotlar mo’ljallangan. Bu schyotlar balansga nisbatan aktiv bo’lib, ularning debet tomonida mavjud nomoddiy aktivlarning qoldig’i, kirimi va kreditida xo’jalikdan chiqishi aks ettiriladi. Mulklar nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligining to’g’riligini tekshirish chog’ida huquqlar va shunga o’xshash fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilish natijasida sotib olinadi va patent to’g’risida, tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, mualliflik huquqlari to’g’risidagi qonunlar bilan tartibga solinadi. Mavjud nomoddiy aktivlarni quyidagilar asosida sotib olish mumkin: * litsenzion shartnoma; * «nou-xou»ni qabul qilish-topshirish shartnomasi; * ta’sis shartnomasi. Nomoddiy aktivlarni korxonaning o’zida yaratish quyidagilar doirasida amalga oshiriladi: * asarni yaratish to’g’risidagi shartnoma;
5 Karla M. Johnstone, Audrey A. Gramling, Larry E. Rittenberg. Auditing: A Risk Based-Approach to Conducting a Quality Audit (with ACL CD) 10th Edition p 258
* ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish to’g’risida shartnoma; * ilmiy-texnik mahsulotni yaratish (berish) to’g’risida shartnoma. Ekspertiza o’tkazish chog’ida e’tibor qaratish zarur bo’lgan ayrim shartnomalarning xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish usullari mazkur shartnomaga muvofiq