hisobiga taalluqli qismi); * nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi bo’yicha korxonada qo’llaniladigan hisob registrlari; * nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dastlabki hujjatlar; * buxgalteriya hisobotlari. Dastavval, auditor korxona hisob siyosatining nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubiyoti bayon qilingan asosiy qoidalari bilan tanishib chiqadi. Bular xususan quyidagilardan iborat: amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari (bir butunligicha yoki nomoddiy aktivlarning har bir turi bo’yicha); * amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar ro’yxati; * nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun qo’llaniladigan namunaviy qabul qilingan va korxonaning o’zida tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari; * nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish muddatlari; * nomoddiy aktivlar hisobiga doir hujjatlar aylanishi; * nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga olishda qo’llaniladigan schyotlar ro’yxati 5 . Nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni tekshirish uchun sintetik va analitik hisob registrlari qo’llaniladigan hisob shakllariga bog’liq holda foydalaniladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida nomoddiy aktivlarning sintetik hisobi 13- ASK jurnal-orderda va «nomoddiy aktivlarni hisobga olish vedomosti»da yuritiladi. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida korxonaga mulkiy huquq asosida tegishli