Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


materiallarni topshiruvchilarning og’irlikdan urib qolishi, namligini oshirib ko’rsatish va



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə432/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

materiallarni topshiruvchilarning og’irlikdan urib qolishi, namligini oshirib ko’rsatish va 
ularning navlarini pasaytirish; tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo’natish chog’ida 
o’lchovdan, hisobdan va tarozidan urib qolishlar
*
 
 moddiy qiymatliklarni yuklash tashish yoki saqlash chog’ida yo’qolgan deb asossiz 
dalolatnomalar tuzish va shunga o’xshash.
Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar odatda alohida saqlanadi. Ularni aniqlash 
uchun omborxona hisobi daftari yoki kartochkalari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Agar 
hisobga olinmagan oshiqcha materiallar bo’lsa, alohida turdagi materiallarning ma’lum 
davrlardagi chiqimi, qoidagi ko’ra, ularning kirimidan oshib ketadi (qizil bilan chiqish). 
Bunday oshiqcha sarflashlar shu nomdagi materiallarning keyingi tushumlari va kirimlari 
hisobidan qoplanadi.
Ombor xo’jaligini ko’zdan kechirish va moddiy qiymatliklar saqlanishining nazoratini 
hujjatlar asosida tekshirish bilan izchil amalga oshirish tovar-moddiy zahiralarning 
saqlanishi to’g’risida asoslangan xulosalar qilish va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish 
imkonini beradi.
Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazish jarayonini ikki qismga 
bo’lish mumkin: 
1. Inventarizatsiya o’tkazish orqali ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash
2. Moddiy qiymatliklarni hisob va hisobotda to’g’ri baholashni hamda aks ettirishni 
tekshirish.
Auditorlik amallari inventarizatsiyagacha, inventarizatsiya vaqtida va undan so’ng 
bajariladigan amallarga bo’linadi. Inventarizatsiyani boshlagunga qadar auditor oldingi 


o’tkazilgan inventarizatsiya natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni so’rab olib, zahiralarning 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin