chiqimiga doir barcha hujjatlar buxgalteriyaga topshirilganligi va ularda kirim qilinmay qolgan yoki chiqimga hisobdan o’chirilmagan hech qanday moddiy boyliklar yo’qligi haqida tilxat oladi. Moddiy boyliklarni sotib olish uchun hisobdorlik summasi yoki ularni olish uchun ishonchnomaga ega shaxslardan ham shu mazmunda tilxat olinadi. Shundan so’ng komissiya a’zolari moddiy boyliklarni tekshirishga kirishadi, ya’ni ularni tarozida tortish, qayta sanash yoki o’lchab ko’rish yo’li bilan haqiqiy qoldiqlarini aniqlaydi. Auditorlar inventarizatsiyani boshlashdan oldin tarozilar va boshqa o’lchash asboblarining aniq ishlashiga ishonch hosil qilishlari lozim. Ayrim auditorlar tortish, o’lchash, sanash ishlarini o’zlari bajarishga harakat qilishadi, hisobchi xodim yoki moddiy javobgar shaxs bu vaqtda o’lchash natijalarini qayd qilib turadi. Biroq, bunday qilish noto’g’ri. Auditor tortish, sanash, o’lchash ishlarini to’g’ri bajarilayotganligini kuzatib turishi va natijalarini o’zi yozib borishi lozim. Shuningdek, tushunmovchiliklar ro’y bermasligi uchun moddiy javobgar shaxs ham tekshiruv natijalarini yozib borishi kerak. Vaqti-vaqti bilan bu yozuvlar solishtirilishi zarur. Moddiy boyliklarning har qaysi turi bo’yicha inventarizatsiya qilish natijalari inventarizatsiya ro’yxatida qayd qilinadi; bunday ro’yxat moddiy boyliklar turgan yoki saqlanadigan joylar yoki ularning but saqlanishi uchun javobgar shaxslar bo’yicha alohida- alohida tuziladi. Ular ro’yxatlarda nomenklatura bo’yicha va hisobga olishda qabul qilingan o’lchov birliklarida (!) aks ettiriladi. Agar moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilish vaqtida moddiy javobgar shaxs ba’zi narsalar bu korxonaga tegishli emasligini, ular bu erda vaqtinchalik saqlanayotganligini aytsa, auditor baribir ularni ro’yxatga kiritishi lozim. Auditor bunday