Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Jami daromadni tekshirishda korxonaning o’z mablag’lari hisobidan to’langan, ijtimoiy



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə496/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   492   493   494   495   496   497   498   499   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

Jami daromadni tekshirishda korxonaning o’z mablag’lari hisobidan to’langan, ijtimoiy 
tavsifdagi to’lovlar(ovqat puli, yo’l haqi hujjatlari, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish, imtiyozli 
shartlar bilan qarz berish, bayram va yubiley sanalariga sovg’a berish, me’yordan oshiq 
xizmat safari xarajatlari va tegishli hujjat bilan tasdiqlanmagan sarflar va shunga 
o’xshashlar)ning soliqqa tortish maqsadida jismoniy shaxslar jami daromadiga qo’shilganligi 
aniqlanadi.
Ish haqidan ushlanadigan summalar bo’yicha aniqlangan tafovutlar ham auditorning 
ishchi hujjatlarida umumlashtirilishi va aks ettirilishi lozim.
Ish haqi hisob-kitobini tekshirgandan so’ng mehnat haqiga doir xarajatlarni schetlar
ma’suliyat markazlari va tannarx hisoblash ob’ektlari bo’yicha guruhlash va 
umumlashtirishning to’g’riligini aniqlash zarur.
Mehnat haqini xarajat schetlariga (2010, 2310, 2510, 9400,) olib borishining asosliligini 
tekshirishda ishlab chiqarish zahiralarini tayyorlash (1510) va kapital ishlar (0810, 0820, 
0830, 0840, 0850, 0860, 0890) bilan bog’liq mehnat haqi summalarining xarajat schetlariga 
olib borilish hollari yo’qligini aniqlash zarur. Bu dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish 
tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar va boshqalar), hisoblashuv va hisoblashuv-to’lov 
vedomostlari, hamda 4210, 6710 va 6720 schetlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarini 
ko’rib chiqish uslubi bilan aniqlanadi. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar aks ettirilishining 
to’g’riligini tekshirish natijalari auditorning ish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi. 
Umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida mehnat haqi bo’yicha aniqlangan tafovutlarning 
hisobot moddalari ko’rsatkichlariga ta’sirining sezilarliligi (jiddiyligi) aniqlanadi.
 
5. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   492   493   494   495   496   497   498   499   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin