Jami daromadni tekshirishda korxonaning o’z mablag’lari hisobidan to’langan, ijtimoiy
tavsifdagi to’lovlar(ovqat puli, yo’l haqi hujjatlari, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish, imtiyozli
shartlar bilan qarz berish, bayram va yubiley sanalariga sovg’a berish, me’yordan oshiq
xizmat safari xarajatlari va tegishli hujjat bilan tasdiqlanmagan sarflar va shunga
o’xshashlar)ning soliqqa tortish maqsadida jismoniy shaxslar jami daromadiga qo’shilganligi
aniqlanadi.
Ish haqidan ushlanadigan summalar bo’yicha aniqlangan tafovutlar ham auditorning
ishchi hujjatlarida umumlashtirilishi va aks ettirilishi lozim.
Ish haqi hisob-kitobini tekshirgandan so’ng mehnat haqiga doir xarajatlarni schetlar,
ma’suliyat markazlari va tannarx hisoblash ob’ektlari bo’yicha guruhlash va
umumlashtirishning to’g’riligini aniqlash zarur.
Mehnat haqini xarajat schetlariga (2010, 2310, 2510, 9400,) olib borishining asosliligini
tekshirishda ishlab chiqarish zahiralarini tayyorlash (1510) va kapital ishlar (0810, 0820,
0830, 0840, 0850, 0860, 0890) bilan bog’liq mehnat haqi summalarining xarajat schetlariga
olib borilish hollari yo’qligini aniqlash zarur. Bu dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish
tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar va boshqalar), hisoblashuv va hisoblashuv-to’lov
vedomostlari, hamda 4210, 6710 va 6720 schetlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarini
ko’rib chiqish uslubi bilan aniqlanadi. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar aks ettirilishining
to’g’riligini tekshirish natijalari auditorning ish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida mehnat haqi bo’yicha aniqlangan tafovutlarning
hisobot moddalari ko’rsatkichlariga ta’sirining sezilarliligi (jiddiyligi) aniqlanadi.
5. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
Dostları ilə paylaş: |